Erkin kurash: Afsuski, Jahongirmirzo Turobov ham yutqazdi

CHERY AUTO

Erkin kurashchimiz Jahongirmirzo Turobov jahon chempionatidagi ilk bahsida g‘alaba qozongani borasida xabar berib o‘tgan edik. Afsuski, 1/16 final bosqichida mo‘g‘ulistonlik Bekbayar Erdenebatga 6:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi barcha umid Mo‘g‘iliston kurashchisida qoldi. Agar, qolgan uchrashuvlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, finalga chiqa olsagina Turobovda bronza medali uchun o‘tish bahslarida ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ladi. 65 kg da gilamga chiqqan vakilimiz Temurjon Usmonohunov esa jahon chempionatidagi ishtirokiga yakun yasadi. Chunki, uni mag‘lubiyatga uchratgan xitoylik Shao Xua Yang ham keyingi bosqichda mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!