
Erik ten Hag Ronalduning kelajagi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Hag "qizil iblislar"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Ronaldu — yuqori darajadagi futbolchi. Shuning uchun, uni keyingi mavsumda ham Manchesterda ko‘rishni istayman. Krishtianu 37 yoshda bo‘lsa-da, jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkaza olishiga ishonaman", — deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu Angliya Premer ligasida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 3 ta assistentlik qilgan.
Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar