
Enrike ikki shogirdidan voz kechdi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Randal Kolo-Muani va Milan Shkrinyar borasida bir qarorga keldi.
Kolo-Muani va Shkrinyar Frantsiya Superkubogi doirasidagi “Monako”ga (1:0) qarshi final o‘yinida parijliklar tarkibida yo‘q edi. Mahalily OAVlarining yozishicha, Enrike ikkala futbolchilarga ishonmaydi va ularni rejalarida ko‘rmayapti. PSJ yanvar oyidagi transferlar oynasida ularni sotish yoki ijaraga berishga harakat qiladi.
Frantsiyalik hujumchiga turli chempionatlarning ko‘plab klublari qiziqish bildirishmoqda. Milan Shkrinyarga asosiy da’vogar Turkiyaning "Galatasaroy"i hisoblanadi.
Fikrlar