
Engilmas bokschimiz navbatdagi jangini ochiq dengizda kemada o‘tkazadi
Professional boksdagi faoliyatini muvaffaqiyatli olib borayotgan o‘zbekistonlik Abdurasul Ismoilov navbatdagi jangini 17 aprel kuni Yaponiyada o‘tkazadi.
Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga rossiyalik Aleksandr Golubkov raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringda 7 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. E’tiborlisi so‘nggi ikkita jangida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Qizig‘i shundaki, bu boks oqshomi ochiq dengiz ostida suv kemasida tashkil etiladi. O‘ziga xos mazkur jang mobaynida turli sayohatlar ham o‘rin olgan. Jang kuniga qadar Janubiy Koreyadan yo‘lga chiqqan kema Yaponiyaning ikki shahri va Rossiyaning Vladivostok shahrida ham to‘xtab o‘tadi. Boks kechasi Yaponiya hududidagi ochiq dengizda bo‘ladi.
Ayni damda Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning "COCKY BUFFALLO" promousheni tarkibida Bobur Najmiddinov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Bokschimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar