Eng zo‘r to‘purar besh klubdan birini tanlaydi

  • 2 iyun, 2021, 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vilyarreal”ning eng zo‘r to‘purari bo‘lib turgan Jerar Moreno yozda kuchliroq klubga o‘tish imkoniga ega bo‘lyapti.

Tecno

29 yoshli ispaniyalik hujumchi Evropa Ligasi finalida “Manchester Yunayted” darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin unga xaridorlar ko‘payib ketdi.

Jerar Moreno nafaqat xalqaro miqyosdagi musobaqada, balki ichki chempionatda ham sermahsul o‘yin namoyish qildi. Ispaniya chempionatida 33 ta uchrashuvda 23 ta gol urib, ettita golli pas berdi.

Endi unga “Barselona”, “Atletiko” “Vest Xem”, “Nyukasl” va “Roma” qiziqmoqda. Moreno shu jamoalardan birini  tanlashi kerak bo‘ladi.

“Vilyarreal” o‘z hujumchisini 40 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!