
Eng rasvo transfer. 7 ta uchrashuv uchun 25 million evro!
Ivuarlik Jan-Filipp Gbamen “Everton” tarixidagi eng omadsiz transferlar hisoblanadi.
Liverpul klubi bu o‘yinchini 2019 yili “Maynts”dan 25 million evroga xarid qilgandi. Ikki yarim yil mobaynida Gbamen turli jarohatlar tufayli atigi etti marotaba maydonda ko‘rinish berdi lekin biror samarali vaziyat yarata olgani yo‘q.
“Everton” bosh murabbiyi Rafael Benites bu yarim himoyachi jamoa uchun kerak emasligini aytdi. O‘z navbatida, klub mutasaddilari Gbamenga o‘ziga tezroq yangi ish topishini uqtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, unga “Roma”dan qiziqish bor. Biroq, rimliklar ham hali rasmiy taklif berishga qaror qilgani yo‘q.
Ilgari Frantsiya chempionatida “Lans” va Germaniya Bundesligasida “Maynts” jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchi asosiy tarkibning muqim a’zosi hisoblangan.
Fikrlar