Eng qimmat darvozabon sotiladi

  • 10 may, 2022, 19:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan Kepa Arrisabalaga bilan xayrlashadigan bo‘ldi.

Tecno

“Aristokratlar” ispaniyalik darvozabon uchun 2018 yilda 80 million evro to‘lagan va bu rekord sifatida qayd etilgandi. Biroq, Kepa o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Ketma-ket qo‘pol xatolardan keyin klub jamoa darvozasini Eduar Mendiga topshirdi.

Endi “Chelsi”ga zaxirada o‘tirib, katta maosh olayotgan Kepaga pul to‘lash maolo kelmoqda. Shu bois ular 27 yoshli darvozabonni yozda sotib yubormoqchi.

Kepaning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. U joriy mavsumda 15 marta maydonga tushdi va shulardan sakkiztasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!