
Endrikning kelajakdagi gollari va sovrinlari "Real" g‘aznasining zarariga ishlaydi
"Real Madrid" Endrikning 2030 yilgacha har bir goli uchun "Palmeyras"ga pul to‘laydi
Xabarlarga ko‘ra, Endrik tomonidan 2030 yilgacha urilgan har bir gol, golli pas yoki penalti uchun "Real" "Palmeyras"ga 35 ming dollar to‘lashi kerak. Ushbu to‘lovlar o‘yinchining 12,5 million dollargacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan bonus paketining bir qismidir.
Shartnoma shuningdek, boshqa yutuqlar uchun to‘lovlarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, Endrik kamida 45 daqiqa o‘ynagan har bir o‘yin uchun 75 000 dollar, bundan tashqari, agar "Real" Endrik bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, "Palmeyras"ga 500 ming dollardan 2 million dollargacha pul to‘lanishi kerak bo‘lgan bandlar bor.
Individual mukofotlar ham bor: agar Endrik "Golden boy", "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritsa yoki FIFAning eng yaxshi futbolchisi mukofotida kuchli uchlikka kirsa, "Palmeyras" qo‘shimcha 1 million dollardan 2 million dollargacha pul olishi mumkin.
Fikrlar