
Endi Superliga ishtirokchilari A Seriyadan chetlatiladi!
Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) boshqa turnirlarda ishtirok etadigan klublarni A Seriyadan chetlatmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, FIGC yig‘ilishida musobaqa reglamentini o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Endi Italiya klublari FIGC, UEFA va FIFAning aralashuvisiz o‘tkaziladigan turnirlarda ishtirok etish uchun mamlakat futbol federatsiyasi bilan maslahatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Yaqinda tashkil etilgan va 1 kundan so‘ng faoliyatini to‘xtatgan Evropa Superligasiga "Yuventus", "Milan" va "Inter" kabi A Seriya klublari birinchilardan bo‘lib qo‘shilish istagini bildirgan edi. Ular orasida hozircha faqatgina “Yuventus” Superligadan chiqqanini e’lon qilgani yo‘q.
33 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida “Inter” 79 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan “Atalanta” va “Milan” joy olgan.
Fikrlar