
Endi Islom Maxachevga oson bo‘lmaydi, sababi...
Islom Maxachev faoliyati davomida hozirgi qadar faqat bir marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Uning bu natijasiga sababchi bo‘lgan MMA ustasi Adriano Martines ayni vaqtda engil vazn toifasida UFC chempionligiga da’vogar Arman Tsarukyan bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Ketma-ket to‘rtta jangdan buyon kuchli raqiblarni engib kelayotgan Arman dog‘istonlik uchun endi oson "o‘lja" bo‘lmaydi.
Yuqoridagi omillarni hisobga olsak, Maxachev va Tsarukyan o‘rtasida o‘tkaziladigan 18 yanvar kungi revansh juda shiddatli va keskin o‘tishi aniq.
Fikrlar