
Endi bu mashhur futbolchini maydonda ko‘rmaysiz!
Futbol bo‘yicha jahon va Evropa chempioni Xesus Navas “Sevilya” muxlislari ko‘z o‘ngidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.
Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi uchrashuv ispaniyalik universal yarim himoyachi uchun muxlislar bilan xayrlashuv o‘yini vazifasini o‘tadi.
“Sevilya”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bellashuvda 39 yoshli Navas 71 daqiqada to‘p tepdi va muxlislar olqishlari ostida maydonni va futbolni tark etdi.
Avvalroq, Navas 2024 yilning oxiriga borib professional faoliyatini yakunlanishini ma’lum qilgandi. Endi u klub tizimida ma’muriy lavozimlarni birini egallaydi.
Xesus Navas “Sevilya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu klub safida ikki marotaba Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi, tshrt bor Evropa ligasi va UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan. “Sevilya”dagi faoliyati davomida 702 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 39 ta gol va 119 ta assist rasmiylashtirgan.
Shuningdek, “Manchester Siti”da o‘ynagan kezlari 183 marotaba maydonga tushib, sakkizta gol va 35 ta assist muallifi bo‘ldi, Angliya chempionati va ikki bor Angliya ligasi kubogida g‘olib chiqdi.
Fikrlar