
Emre Jan "Liverpul" sabab MYuga o‘tmoqchi emas
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Janning "Manchester Yunayted"ga transferi amalga oshmaydi.
Oldinroq, futbolchi o‘yin amaliyoti sabab Turin klubidan ketish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Italyan nashrlariga ko‘ra, "Liverpul"ning sobiq xavbeki "qizillar"ga hurmat yuzasidan o‘ziga yangi klub izlashda MYu variantini olib tashlagan.
Eslatib o‘tamiz, Jan uchun PSJ, "Bavariya" va "Borussiya" klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar