
Elnur Abduraimov ham "Gubernator kubogi"da o‘z jangini o‘tkazdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha "Gubernator kubogi" turnirida bugungi kun dasturidan o‘rin olgan uchinchi vakilimiz ham o‘z jangini o‘tkazdi. Ya’ni, -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov mezbonlar vakili Ilya Popovga qarshi shiddatli jang o‘tkazdi.
Yakunda baribir mezbonlik faktori rol o‘ynadi va hakamlar 3:2 hisobidagi g‘alabani rossiyalik charmqo‘lqop ustasiga taqdim etdi. Bugungi kun dasturidan yana bir vakilimizning jangi o‘rin olgan.
Aniqroq qilib aytganda og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov yana bir mezbonlar bokschisi Artyom Fyodorovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar