Eldor Shomurodov jahon yulduzlari Ronaldu, Beyl, Jiru kabi gol urmoqchi (Foto)

  • 27 fevral, 2021, 18:25
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida akrobatik gollarning qadri baland va uzoq vaqt yodda qoladi. Jozibasi ham shunchalik go‘zal bo‘ladi.

Tecno

EChL doirasida Krishtianu Ronaldu "Real" safida "Yuventus" darvozasiga qaychi uslubida gol urgani hali hamon barchaning esida. Yoki ushbu musobaqa finalida Garet Beyl "Real"da faoliyat yuritgan payti "Liverpul"ni shunday jazolagani golning muhimliligidan balandroq edi. Oxirgi marta Olive Jiru "Chelsi" tarkibida "Atletiko" darvozasini shu tarzda ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim g‘alabani tortiq etdi.

Krishtianu_Ronaldu._EPA-EFE,_ANDREA_DI_MARCO_d_850

Endi qaychi uslubida gol urish navbati Eldor Shomurodovga etib kelgan ko‘rinadi. Hamyurtimiz jamoasining "Inter"ga qarshi tayyorgarlik jarayonida akrobatik tarzda to‘p tepishni mashq qildi. Bu jarayon klub matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi. Ajab emas, Shomurodov milanliklar darvozasiga shunday gol ursa.

"Inter" - "Jenoa" bahsi 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. 

EvJ44mjWgAE4Bm2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
azam nazarov
27/02/2021 20:57
Омадингни берсин,, Элдор,,
&
998915993686
27/02/2021 18:44
adminlar bu yil kasiba yili emas 29 fevralni 3 yildan keyin kòramiz bu vaqtda Eldor Jenoada emas Manchester Yunayteda òynayotgan bòladi. ishaollox.