
Eldor Shomurodov "Atalanta" darvozasiga kiritgan ikki goli haqida: Men murabbiyning ko‘rsatmalarini bajardim
Eldor Shomurodov A Seriya 37-turi doirasida "Atalanta"ga qarshi kechgan (3:4) o‘yindan so‘ng "Jenoa" rasmiy saytiga kichik intervyu berdi.
"Murabbiy maydonga tushishimdan oldin ko‘rsatmalar bergan edi va men uning ko‘rsatmalarini amalga oshirdim. A Seriyada 7 ta gol kiritishimni kutganmidim? Kutmagan edim, lekin o‘zimning eng kuchli jihatlarimni namoyish etishga harakat qildim.
Pandev bilan yaxshi munosabatdaman. Undan ko‘p narsa o‘rgandim. 7 ta gol orasidan "Spetsiya"ga kiritgan golimni eng yaxshisi deb ayta olaman", - dedi Shomurodov.
Fikrlar