
EL. "Latsio" durang o‘ynadi, "Dinamo" Zagreb esa APL klubini mag‘lub etdi va boshqa natijalar
Evropa ligasi guruh bosqich so‘nggi turidan o‘rin olgan "Latsio" - "Galatasaroy" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda hisob ochilmadi.
O‘z maydonida Zagrebning "Dinamo"sini qabul qilgan "Vest Xem" raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Orsichning 3-daqiqada urgan goli amalda bahs taqdirini hal qildi.
"Seltik" maydoniga safar qilgan "Real Betis" raqibga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mag‘lubiyatdan qat’i nazar ispan jamaosi o‘z guruhida ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar