
"El Klassiko"da "Andijon" futbolchilari qaysi jamoaga muxlislik qilishadi?
Bugun bir necha soatdan so‘ng Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Ispaniya Superkubogi finalida “Real” hamda “Barselona” yana bir bor g‘oliblik uchun jang qiladi. ”El Klassiko” paytida dunyo futboli ixlosmandlari ikkiga ajraladilar. Xo‘sh, “Andijon” futbolchilari qaysi klubning g‘alabasini kutishmoqda?
Abduvohid G‘ulomov:
- Taxminimcha, o‘yin durang bilan tugaydi. Penaltilar seriyasida “Real” g‘alaba qozonadi.
Ilhom Alijonov:
- Bu o‘yinda “Real”ga muxlislik qilaman. Taxminimcha, 2:0 bo‘ladi.
Rubin Xebay:
- Men “Real”ni qo‘llab-quvvatlayman. O‘ylaymanki, ular 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi.
Shahboz Erkinov:
- 1995-96-yillardan beri “Barselona” muxlisiman. Lekin hozirgi “Barsa” bugungi finalda qiynaladi. Uning ishqibozi bo‘lganim uchun ham “Barselona”ning g‘alabasini taxmin qilaman.
Farhod Sohibjonov:
- “Real” ustunroq deb o‘ylayman, bugun maydonda chinakam jang bo‘ladi. “Real” 2:1 hisobida yutsa kerak.
Ildar Mamatkazin:
- Kuchligi yutsin. Chiroyli futbolga muxlislik qilamiz. Menimcha, asosiy vaqtda 1:1 bo‘ladi. Penalti – bu lotereya. Kim ruhan tayyor bo‘lsa, o‘sha yutadi. Omadga ham ko‘p narsa bog‘liq.
Vladimir Bubanya:
- Men “Barsa” muxlisiman. Umid qilamanki, 2:1 hisobida yutadi.
Islom Mamatkazin:
- 2:1 “Real” foydasiga.
Igor Litovka:
- “Barselona” yutadi. 3:2 bo‘lsa kerak.
Suhrob Berdiev:
- Eskitdan “Barselona”ga ishqibozlik qilaman. Bugun uning g‘alabasini kutib qolaman. 2:1 bo‘lsa kerak.
Abdurahmon Komilov:
- Mening taxminimcha, “Barselona” 2:1 ga yutadi.
Farhod Bekmurotov:
- Bugun “Real” Superkubokni qo‘lga kiritadi. Hisob 2:1 bo‘lsa kerak.
Sardor Azimov:
- Albatta, “Hala Madrid”! “Real” 3:1 natijasi bilan g‘olib chiqadi.
Eldor Adhamov:
- “Real”ga muxlislik qilaman. Natijasini bilmayman, lekin “Real” yutadi.
Ilhom Abdug‘aniev:
- “Real”ning ishqiboziman. Natija 3:1 Madrid foydasiga.
Fikrlar