Eddi Xirn Murodjon Ahmadaliev va Ronni Rios jangi qachon bo‘lishini aytib o‘tdi

  • 21 iyul, 2021, 12:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangida WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar amerikalik Ronni Riosga (33-3, 16KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Xirn IFL TVga ma’lum qilishicha, Ahmadaliev va Rios o‘rtasidagi jang 28 avgust kuni Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Shuningdek, mazkur kardda birinchi o‘ta engil vazn toifasida (-48,9 kg) WBO chempioni Elvin Soto (19-1, 13KO) WBA kamari egadi Hiroto Kyuguchiga (15-0, 10KO) qarshi birlashtirivchi jangda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!