
EChL to‘purarlari! Benzema kuchli uchlikka kirib olish arafasida
Karim Benzema UEFA Chempionlar ligasida urilgan gollari soni bo‘yicha 100'lik dovonga yaqin kelib qoldi. Buning uchun 35 yoshli strayker yana 10 ta gol urishi lozim.
"Real" forvardi "Chelsi"ga chorak final bahsida hisobni ochdi. Bu frantsuzning turnirdagi 90-goli bo‘ldi.
Karim gollarining 56 tasini guruh bosqichida urgan. Shuningdek, u 1/8 finalda 17 ta, chorak finalda 8 ta, yarim finalda 8 ta va finalda 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
EChL tarixida gol urish borasida u faqatgina Ronaldu (140), Lionel Messi (129) hamda Robert Levandovskidan ortda qolmoqda.
Fikrlar