
EChL. Guruh bosqichidagi ayrim raqamlar bilan tanishing!
Chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘z nihoyasiga etdi. Shu bilan birga, pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi ham ma’lum. Biz esa guruh bosqichidagi ayrim raqamlar bilan sizni tanishtirmoqchimiz.
Gollar
Futbolchilar orasida eng ko‘p golni Alvaro Morata, Antuan Grizmann ("Atletiko"), Rasmus Xoylund ("Manchester Yunayted") va Erling Xolland (Manchester Siti") urgan. Mazkur hujumchilarning hammasi 5 martadan darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Klublar orasida eng ko‘p golni "Manchester Siti" kiritgan. "Shaharliklar" 18 bor raqiblarini ranjitdi. Undan keyingi o‘rinlarda esa "Atletiko" (17 ta), "Real" va "Arsenal" (16tadan) va "Portu" (15ta) jamoalari egallab turibdi.
Eng yaxshi assistentlar
Sherigiga eng ko‘p goli pas bergan futbolchi bu Bukayo Saka ("Arsenal"). Vinger 4 marta o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga, Ilkay Gyundogan ("Barselona"), Ivan Rakitich ("Sevilya"), Jud Bellingem ("Real"), Riko Luis ("Man Siti"), Xarri Keyn ("Bavariya"), Zair-Emeri (PSJ) va yana bir nechta o‘yinchilar 3 tadan assistentlik qildi.
Gol+pas
Gol+pas tizimida eng ko‘p ballni Jud Bellingem, Xarri Keyn, Bukayo Saka, Venderson Galenolar to‘pladi. Bu futbolchilarning barchasi 7 tadan golda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.
Omadsizlar
Eng ko‘p gol ura olmagan, ya’ni yaxshi imkoniyatdan foydalana olmagan futbolchi bu Erling Xoland. Norvegiyalik strayker 10 ta golli vaziyatni ko‘kka sovurgan. Undan keyingi o‘rinda Killian Mbappe va Mauro Ikardilar turibdi. Ular 6 martadan xatoga yo‘l qo‘ygan.
Quruq o‘yinlar
Guruh bosqichida nolli o‘yin o‘tkazgan darvozabon Aleks Remiro bo‘ldi. "Real Sosedad" posboni 4 ta uchrashuvda o‘z darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Shuningdek, Gregor Kobel, David Raya va Yann Zommerlar 3 martadan quruq o‘yin o‘tkazishdi.
Kartochkalar
Eng ko‘p sariq kartochka Yunus Musaga ko‘rsatildi. "Milan" a’zosi 4 marta ogohlantirilgan. Klublar orasidan eng ko‘p sariq kartochka "Lans" futbolchilariga ko‘rsatilgan (23 ta). Eng ko‘p chetlashtirish esa "Benfika" himoyachisi Antoniu Silvaga tegishli. Futbolchi ikki marta qizil kartochka olishga ulgurdi.
Fikrlar