
EChL. "Bavariya" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Zaltsburg" - "Bavariya" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, 21-daqiqada Adamu hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning asosiy vaqti tugagan bir paytda Koman muvozanatni tikladi.
Mazkur jamoalar ishtirokidagi javob o‘yini 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar