
EChL. "Barselona" safarda "Napoli" bilan durang o‘ynadi, "Arsenal" esa so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi
EChL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Napoli" - "Barselona" va "Portu" - "Arsenal" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
"Napoli" - "Barselona" bahsida dastlab Levandovski hisobni ochgan bo‘lsa, Osimxen javob qaytarib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Napoli" 1:1 "Barselona"
"Arsenal" esa "Portu" mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 90+4 daqiqada kiritildi. Galeno so‘nggi daqiqalarda uzoq masofadan zarba berib, Raya darvozasini ishg‘ol qildi.
"Portu" 1:0 "Arsenal"
Ma’lumot uchun, javob bahslari 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar