
Echeverri dekabrga qadar "River Pleyt"da qoladi
"Manchester Siti" Klaudio Echeverri bilan 6 yillik shartnoma imzoladi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "shaharliklar" 17 yoshli yarim himoyachi transferi bo‘yicha kelishuvni yakunlash arafasida.
Yarim himoyachi Argentina klubida 2024 yilning dekabriga qadar qoladi.
Avvalroq, ushbu transfer "Manchester Siti"ga 25 million evroga tushgani haqida xabar qilingandi.
Qayd etish lozim, 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Echeverri 5 ta gol urgan. Shularning 3 tasi chorak final bahsida Braziliya termasi darvozasiga kiritilgan.
Fikrlar