Dzyudo. 4 nafar vakilimiz qit’a chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi

  • 5 avgust, 2022, 23:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ortda qoldi. O‘rta vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Tecno

-73 kg vazn toifasida Murodjon Yo‘ldoshev qozog‘istonlik Daniyar Shamshaevga, -70 kgda Gulnoza Matniyazova yaponiyalik 3 karra jahon chempioni Yoko Onoga finalda imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, yana ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun bahsni muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

Kumush medal:

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Bronza medal:

-73 kg: Obidxon No‘monov
-70 kg: Shohista Nazarova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!