Dragan Cheran: "Andijon" g‘alabaga munosib edi, bo‘lajak o‘yin haqida esa gapirmoqchi emasman"

  • 24 sentabr, 2021, 22:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” klubi o‘tgan turda “Andijon” maydonida kutilmagan mag‘lubiyatga uchragach, endi o‘z uyida oxirgi o‘rinda borayotgan “Turon”ni qabul qiladi.

Tecno

“Paxtakor” to‘purari Dragan Cheran Sports.uz saytiga bo‘lajak o‘yin oldidan Andijondagi mag‘lubiyat haqida gapirdi.

- Mag‘lubiyat uchun sabab yo‘q. Bu shunchaki yuz berishi kerak edi. Sharoitlar haqida gapirmoqchi emasman. Bu mening ishim emas. Yigitlar maydonga chiqishdi va maksimum darajada borini berib o‘ynashdi.

Ammo “Andijon” bizni mag‘lub etdi. Bu bilan ularni tabriklayman. Raqib yaxshi himoyalandi va g‘alabaga munosib edi.

Navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ketyapti, ammo hozir bu haqda gapirishni xohlamayman. Uchrashuvdan keyin gaplashishimiz mumkin, - deya javob qaytardi, Cheran.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!