Dolidze: "Fevral oyida bizda yangi chempion va Gruziyada birinchi UFC kamari bo‘ladi"

  • 1 fevral, 2024, 14:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasidagi (84 kg) gruziyalik UFC jangchisi Roman Dolidzening fikricha, Ilya Topuriya promoushen chempioni bo‘ladi.

Tecno

Ilya yosh va g‘alabaga chanqoq.Uning uchun hamma narsa yaxshi ketmoqda va tez yuqoriga qarab harakat qilmoqda. Menimcha, UFC Ilya chempion bo‘lishidan xursand. Unda bu jangda g‘alaba qozonish uchun hamma narsa bor. O‘ylaymanki, fevralda bizda yangi chempion va Gruziyada birinchi kamar bo‘ladi", — deya Dolidze so‘zlarini keltiradi Metaratings.

Eslatib o‘tamiz, yarim engil vazn toifasida UFC chempioni unvoni uchun jang 17 fevral kuni Anaxaym shahrida (AQSh) "UFC 298" turnirida bo‘lib o‘tadi. Unda Topuriya amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski bilan uchrashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!