Diyor Imomxo‘jaev: Tadbirkor 11 milliard sarflab qo‘ydi

  • 19 aprel, 2022, 20:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev "Andijon" klubi uchun shaharning Bo‘ston dahasida qurilgan yangi baza haqida fikr bildirdi.

Tecno

11_2

- 2020 yil uchun Andijon futbol klubi Yangierni baza qilib olgandi (qarzi haligacha to‘lanmagan). GM viloyat futboliga shuncha mablag‘ kiritgan vaqtda aqalli 1 ta baza qurilmagani qiziq.

Yaxshi bilasiz, bugungi PFL klublarning o‘z bazasiga ega ekanligi masalasiga jiddiy qaraydi (yillar davomida qator klublar millionlarni otellar uchun sarf etib tugatdi). So‘nggi ikki yilda Metallurg, Zomin va So‘g‘diyona yangi bazaga ega bo‘ldi. Turon bazasi deyarli bitib qoldi. AGMK, Surxon, Qizilqum tez orada yangi bazali bo‘ladi.

Yangi Andijon bu borada ham o‘rnak bo‘lib, Bo‘stonda o‘z bazasini tashkil qildi va buning uchun 4 mlrd so‘m pul sarfladi. Ayni vaqtda 60 o‘rinli baza futbolchilar uchun faoliyat ko‘rsatmoqda. Mashg‘ulotlar ham shu erda olib boriladi (BO‘FM qarovsiz maydonidan unumli foydalanilgan).

Tadbirkor nafaqat klubni moliyalashtirdi, balki stadion va baza masalasiga ham jiddiy e’tibor qildi. O‘ziga tegishli bo‘lmagan ob’ektlar uchun umumiy 11 mlrd sarf etib qo‘ydi (ishchilar oylik-maoshi, jamoa oziq-ovqati va boshqa harajatlaridan tashqari). Ertaga klubga boshqa kimdir egalik qilsa ham, baza baribir viloyat futboli uchun xizmat qilishda davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
England. Bob
19/04/2022 20:26
Molodets