
Diyor Imomxo‘jaev O‘zbekiston Kubogida amalga oshishi kutilayotgan o‘zgarish haqida ma’lumot berdi
O‘zPFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasida O‘zbekiston Kubogida amalga oshishi kutilayotgan o‘zgarish haqida yozib qoldirdi:
"Katta ehtimol bilan, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining 2-turidan boshlab, futbolchilarni almashtirishlar soni yana 5 talikka qaytariladi. Bunda klublar uch urinishda 5 nafar futbolchini maydonga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Karantin talablari kuchaytirilayotganidan kelib chiqib, O‘FA mazkur masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan. Qaror taqdim etilsa, PFL rasmiy bu haqda rasman ma’lumot beradi", - deb yozadi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar