Diyor Imomxo‘jaev: "Muhimi – avariya holatida ham pozitivlikni saqlab qola olish"

  • 10 aprel, 2022, 16:09
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi AQSh termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik 1:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev mazkur bahs haqida fikr bildirdi.

Tecno

"AQSh ayollar termasiga qarshi maydonga tushish oson ish emas. AQSh ayollar futboli etakchisi. AQSh ketma-ket ikki uchrashuv uchun rozi bo‘lmaydi odatda.

Qizlarimiz 1:9 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va bu normal holat. Aziza Norboeva golini amerikaliklarning istalgan futbolchisidan chiroyliroq nishonlab, stadionga yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Muhimi — avariya holatida ham pozitivlikni saqlab qola olish. Bu borada qizlar futbolidan o‘rnak olsa arziydi.

AQSh bilan o‘rtoqlik o‘yiniga klublarimiz rahbarlarini ham olib ketish yaxshi edi. Ular okean ortida ayollarga yaratilgan sharoitlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari, hech bo‘lmasa xulosa chiarishlari, ortga qaytganda vijdonlarini ozroq qiynab olishlari yaxshi bo‘lardi", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Kamalov
10/04/2022 17:36
Бунака жамоаларга пул сарф килиш арзимайди. Узбек фктболида аеллар хеч каерга боролмайди. Бу бир тийинга киммат терма жамоаларга сарф килинган шунча пулга футбол мактаби куриш керак. Футбол аеллар уйини эмас