
"Dinamo" Toshkentda yig‘inga kirishdi
«Dinamo» klubi Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikning 2-bosqichini o‘tkazish uchun 20 dekabr kuni Samarqanddan Toshkentga jo‘nab ketgandi.
Vadim Abramov boshqaruvidagi jamoa Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Do‘rmon futbol qarorgohida mashg‘ulotlarga kirishgan. Bu erdagi yig‘in 29 dekabrgacha davom etadi.
Yangi yil bayramidan keyin ham «Dinamo» Toshkentdagi yig‘inni davom ettirishi, tarkibga yangi o‘yinchilar qo‘shilishi rejalashtirilgan. Yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkillashtirish ham belgilangan.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar