"Dinamo" tarixidagi eng yaxshi legionerlardan biri bugun Samarqandda mehmon!

  • 25 aprel, 2022, 15:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun, Superliga doirasidagi «Dinamo» - «Lokomotiv» uchrashuvida jamoamiz tarixidagi eng muvaffaqiyatli legionerlardan biri Elshan Gambarov Samarqandda mehmon bo‘ladi.

Tecno

2000-yillarda «Dinamo» safidagi ajoyib o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozongan Ozarbayjon milliy jamoasi yarim himoyachisi Elshan Gambarov uzoq yillik tanaffusdan so‘ng «Dinamo» muxlislari bilan uchrashish niyatida Samarqandga keldi.

Qariyb 10 yildan buyon AQShning Nyu-York shahrida o‘z futbol akademiyasini ochib, murabbiy sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 49 yoshli Elshan Gambarov «Dinamo» - «Lokomotiv» o‘yini boshlanishidan avval stadionda «Dinamo» muxlislari bilan uchrashadi.

gambarov

2000-yillar boshida «Dinamo» safida O‘zbekiston Kubogi finalida to‘p surgan, Osiyo maydonlarida ajoyib gollar muallifiga aylangan Elshan Gambarov bilan uchrashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! O‘yingohga marhamat, - deb yozadi "Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!