
"Dinamo" legionerining goli Qirg‘izistonga g‘alaba keltirdi
«Dinamo» hujumchisi Kojo Joel Qirg‘iziston milliy jamoasi safida "Osiyo Kubogi-2023" bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Turnirga tayyorgarlik doirasida Qirg‘iziston bugun Vetnamga qarshi maydonga tushdi. Doxada o‘tgan bahsning 31-daqiqasida Kojo Joel goli bilan hisobni ochdi. Shu kuni qo‘shnilarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Nazorat o‘yini. 9 yanvar
Qirg‘iziston – Vetnam – 2:1
Gollar: Kojo Joel 31, Ayzar Akmatov 75 – 63.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar