"Dinamo" Fayzullaevni nega olmagan?

  • 27 noyabr, 2023, 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 16-turida Moskvaning ikki klubi – TsSKA va “Dinamo” o‘zaro to‘qnashdi.

Tecno

Uchrashuv qahramonlaridan biri Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi. 20 yoshli futbolchimiz birinchi bo‘limda faol o‘ynadi. O‘zi uzoq masofadan supergol urdi. Keyin murakkab vaziyatda turganiga qaramay, Anton Zabolotniyga juda qulay pas uzatdi.

O‘yinning ikkinchi yarmida “dinamochilar” katta ustunlik qildi. Oqibatda o‘yin ularning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

30830.121881.ddphoto_2023-11-25_17-26-20

Jurnalistlar “Dinamo” klubi direktorlar kengashi a’zosi Dmitriy Gafindan jamoa haqiqatan ham Abbosbek Fayzullaevni kuzatgani haqidagi ma’lumotlarga munosabat so‘radi.

Gap shundaki, bir necha kuni avval, bir necha o‘zbek futbolchilari manfaatini himoya qilayotgan taniqli futbol agenti German Tkachenko Fayzullaevda “Dinamo”ga o‘tish varianti bo‘lganini ta’kidlagan edi.

- Biz Moskvaning “Dinamo” klubiga Fayzullaevni olishni tavsiya qilgandik. Ulardan javob bo‘lmadi. Aprel oyida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Abbosbek Fayzullaev eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgan edi. O‘sha turnirdan keyin TsSKA uni kuzatib borishini bildirib, ijara masalasini hal qilishni so‘radi.

Yana ikkita jamoa uni juda qattiq qiziqish bildirdi va bizni qiynab yubordi. Bular “Pari Nijniy Novgorod” va “Alaniya”. “Alaniya”ning skautlari juda yaxshi ishlaydi, - degan edi German Tkachenko.

Dmitriy Gafin ham bu ma’lumotlarni tasdiqladi.

- Kuzatuvimizda juda ko‘p futbolchilar bor edi. Xususan, Abbosbek Fayzullaev ham. Uni agentlar tavsiya qildi, biz uning nomzodini ko‘rib chiqqanimiz rost.

Lekin ko‘rib chiqish jarayonida uning pozitsiyasi boshqa futbolchi bilan to‘ldirilgan edi. Futbolda bunaqasi bo‘lib turadi. Fayzullaev juda yaxshi futbolchi.

Biz ayni paytda Angliya Premer-ligasida porlayotgan ko‘p o‘yinchilarni olishga juda yaqin kelgandik. Ayrim sabablarga ko‘ra, bu transferlar amalga oshmay qolgan. Bu borada Abbosning masalasi yagona emas, - dedi Dmitriy Gafin.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullaev avgust oyining boshida TsSKAga ko‘chib o‘tdi. Ko‘pchilik ilk marotaba legionerga aylangan hujumkor futbolchi murakkab ligada o‘ynab ketishga qiynalishini ta’kidlagan edi.

Biroq Fayzullaev qisqa fursatda TsSKA etakchisiga aylandi. 20 yoshli hamyurtimiz birinchi davraning eng asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.

volga (2)

Abbosbek Rossiyaga ko‘chib o‘tganidan keyin jami 15 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

Fayzullaevning ustozi Rossiya klublariga yana ikki futbolchini tavsiya qildi

Buni Fayzullaevdan hech kim kutmagandi

Shomurodov qadrdoning bo‘lsa, jamoangga chaqir!

Legionerimiz: Asosiy tarkibda o‘ynashga tayyorligimni isbotlayman

Murabbiy bu gaplarni Fayzullaev ketib qolgani uchun aytgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!