"Dinamo" debyutant klubni mag‘lub etdi

  • 13 fevral, 2021, 20:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" jamoasi Guliston shahrida Pro liganing yana bir vakili "Yangier"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Tecno

Turnir debyutantiga qarshi bahsda bosh murabbiy Hakim Fuzaylov singari yangierliklar bosh murabbiyi Eldor Sakaev ham bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi.

Qiziqarli kechgan bahsda "Dinamo" 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yin davomida hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi, ammo "dinamochilar"ning yana ikki goli negadir bosh hakam tomonidan bekor qilindi.

13 fevral (shanba)

O‘rtoqlik uchrashuvi. Guliston.

"Yangier" - "Dinamo" - 0:2

Gollar: N.Hasanov avtogol 20, Oleg Marchuk 35

"Dinamo": Farhod Rahmatov, Jasur Hasanov, Obid Jo‘raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Komil Sharofutdinov, Islom Sharipov, Oleg Marchuk, Humoyun Sherbo‘taev, Akmal Kozimov, Temur Hakimov, Mixaylo Udod

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Temur Usmonov, Temur Ismoilov, Faxriddin Alimov, Oybek Jo‘raev, Jamshed Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!