
Dibala “Roma” safida qachon debyut qilishi aytildi
“Roma” bugun Portugaliyadagi o‘quv-mashg‘ulotlar doirasida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. Joze Mourino shogirdlari Frantsiya chempionati vakili “Nitstsa” bilan bellashadi.
Ko‘pchilikni “Roma”ning yangi hujumchisi Paulo Dibala qachon maydonga tushishi qiziqtirmoqda.
Italiya matbuotining yozishicha, Portugaliyadagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Dibala ishtirok etmaydi.
Corriere dello Sport nashri Dibala Rim klubi safidagi debyutini 30 iyul kuni Isroilda “Tottenxem”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda nishonlashi kutilmoqda.
Fikrlar