
Dibala: "Qiyin vaziyatlarda meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat!"
"Yuventus" futbolchisi Paulo Dibala jamoadan ketishini e’lon qildi va Turin klubi muxlislariga murojaat yo‘lladi.
"Sizlar bilan xayrlashish uchun to‘g‘ri so‘zlarni topish qiyin. Birgalikda ko‘p yillarni o‘tkazdik, ko‘p hissiyotlarni birga baham ko‘rdik. Biz yana uzoq yillar bir butun bo‘lib qolishimiz mumkin edi. Biroq taqdir yo‘llarimizni boshqa-boshqa bo‘lishini istagan ekan, o‘zga choramiz yo‘q.
Men bu erdagi hech narsani unutmayman. Orttirgan tajribalarim, har bir o‘yin, urgan gollarim va qo‘lga kiritgan sovrinlarimning hech qaysini esdan chiqarmayman.
Shu klubda o‘sdim, ulg‘aydim, yashadim va orzularimni amalga oshirdim. Sizlar bilan o‘tkazgan 7 yilim mo‘jizaviy bo‘ldi. 12 sovrin, 115 gol - bularni yoddan chiqarib bo‘lmaydi.
Qiyin vaziyatlarda meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat! Boshidan to oxiriga qadar men bilan bo‘lgan jamoadagi barcha-barchaga minnatdorchiligimni bildirib qolaman!
Bu ajoyib libosni sardorlik bog‘ichi ostida kiyish men uchun sharaf! Qachondir shuni farzandlarim va nabiralarimga faxr bilan so‘zlab beraman!", - dedi argentinalik yulduz.
Fikrlar