
Dibala ketmoqchi emas
Paulo Dibala yangi mavsumni ham “Yuventus”da o‘tkazishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli argentinalik futbolchi yozgi transferlar davrida “keksa sinora”ni tark etmoqchi emas. Bundan avvalroq esa “Yuve” rahbariyati yozda Dibalani sotib yuborishni rejalashtirayotgani va unga “Arsenal” hamda “Barselona” klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Paulo Dibala joriy mavsum A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar