
Dibala: " "Yuventus menga oxirgi marta qachon maosh berganini eslolmayman"
Huquq-tartibot idoralari "Yuventus" ustidan tergov ishlarini olib bormoqda. Turin klubi moliyaviy hisobotni chetlab o‘tib, futbolchilarga maosh to‘lashi mumkin.
Fevral oyi oxirida tergovchilar "keksa sinyora" safida to‘p surgan Paulo Dibalani ikkinchi marta so‘roq qilishdi. Argentinalik futbolchining so‘zlari "La Gazzetta dello Sport" nashri sahifalarida e’lon qilindi.
"Yuventus menga oxirgi marta qachon maosh berganini eslolmayman. Lekin shuni bilamanki, ular mendan hali ham qarzdor.
Ularda aprel oyida menga pul to‘lash uchun oxirgi imkoniyat bor. Agar bu sodir bo‘lmasa, advokatim yozma so‘rov yuboradi. Men klubni sudga bermoqchi emasman", dedi Dibala.
Manbaga bergan xabarga ko‘ra, "Yuventus" Dibaladan 3,7 million evro qarzdor.
Fikrlar