
Devid Bekxem: "Turnirdan chiqib ketgandan keyin uyg‘onish - eng yomon tuyg‘u"
Devid Bekxem Angliya terma jamoasining Jahon chempionatidan chiqib ketgani haqida gapirdi va ularni qo‘llab-quvvatladi.
"Yigitlar o‘sishda davom etadi. Turnirdan chiqib ketganidan keyin uyg‘onish - eng yomon tuyg‘u. Ammo bizning futbolchilarimiz, Garet Sautgeyt, murabbiylar shtabi va barcha muxlislar jamoa bilan faxrlansa arziydi.
Bunday daqiqalarda oldinga o‘tish uchun jamoada haqiqiy lider bo‘lishi kerak va bizning sardorimiz Xarri Keyn shunday qildi. Keyingi safar albatta, boshqacha bo‘ladi. Biz boshimizni baland ko‘targan holda ketamiz", - dedi "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, chorak finalda "uch sherlar" amaldagi mundial g‘oliblari Frantsiyaga imkoniyatni boy berib qo‘yishgandi.
Fikrlar