
“Derbi”da Obidxon g‘alaba qozondi, Gulnozada bronza
Ulan-Bator shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasida ikkinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etmoqda. Ushbu kun dasturida 2 nafar vakilimiz shohsupaga ko‘tarilishdi.
Ma’lum qilganimizdek, -73 kg vazn toifasida bronza medali uchun kechgan juftliklardan birida Obidxon No‘’monov hamda Shahram Ahadov to‘qnash kelishdi. Qo‘shimcha daqiqagacha cho‘zilgan bellashuvda Ahadovning 3 ta ogohlantirish olishi Obidxonga bronza medalini taqdim qildi.
Shuningdek, ikki Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan Gulnoza Matniyazova uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik Zere Bekteskizidan ustun kelib, “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi medallari sonini 3 taga etkazib oldi.
Qayd etish joiz, o‘z g‘alabalari orqali No‘’monov hamda Matniyazova Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun o‘z hisoblariga 500 reyting ochkosini yozib qo‘yishdi.
Fikrlar