Denis Korostichenko: "Futbolchilarga ortiqcha e’tirozim yo‘q"

  • 4 dekabr, 2024, 20:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga o‘tish o‘yini doirasidagi "Sho‘rtan" – "Olimpik" (1:0) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Avvalambor, "Sho‘rtan"ni g‘alaba bilan tabriklayman! Bitta gol o‘yin taqdirini hal etdi. Boshqa hech narsa deyolmayman.

- "Sho‘rtan" darvozasi oldida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Sizningcha o‘sha holatda penalti bormidi?

- Men hakamlar qarori bo‘yicha fikr bildirolmayman. Vaziyatni Ekspert-hakamlar komissiyasi o‘zi ko‘rib chiqadi.

- Bugungi o‘zgarishlar o‘zini oqladimi? Qandaydir taktik o‘zgarishlar qilishga urindingiz...

- Yigitlar o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi. Oldinda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Birgina standart hammasini hal qilib ketdi. Futbolchilarga ortiqcha e’tirozim yo‘q. 

- "Olimpik" o‘tish o‘yiniga ruhan tayyor emasmidi yoki charchoq alomatlari bormidi?

- Ham ruhan, ham jismonan tayyor edi.

- Bugun g‘alabani qo‘lga kiritishda "Sho‘rtan"ning omadi keldi deb o‘ylaysizmi?

- Omad demagan bo‘lardim. Futbolchilarimiz 1 soniya diqqat-e’tiborni yo‘qotishdi va bu golga sabab bo‘ldi. "Sho‘rtan" darvozamiz oldida aytarli vaziyatlar yaratmagandi. 

- Kelajakda "Olimpik" murabbiyi sifatida qolasizmi? 

- Hozircha bir narsa deya olmayman. Hali oldinda bitta o‘yinimiz bor. Agar Superligada qolish masalasini hal etsak, rahbariyat bu masalani o‘rganib chiqadi. Jamoamizning maqsadi – Superligada qolish. Keyingi bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!