
Dembele MYuga o‘tmoqchi
Manchester Evening News nashri xabariga ko‘ra, "Lion" forvardi Mussa Dembele yozgi transferlar oynasi vaqtida "Manchester Yunayted" safiga o‘tish ehtimoli yuqori.
Mankunianliklar skautlari 23 yoshli futbolchining o‘yinlarini anchadan buyon kuzatib kelishmoqda. O‘z navbatida fransiyalik futbolchining o‘zi ham "qizil iblislar" tarkibiga o‘tish niyatida.
Joriy mavsumda Dembele Fransiya birinchi divizoni doirasida "Lion" libosida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar