
Dembele “Barsa” afsonalarini shokka tushirib qo‘ydi
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Usmon Dembele “ko‘k-anorranglilar” bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng jamoadoshlari haqida hazil qildi. “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi jamoa sardori bo‘lishni so‘ragan.
Ayrim klub afsonalari uchun Dembelening bu qarori kutilmagan yangilik bo‘ldi. Biroq, keyinroq Usmon hammasi hazil ekanligi va bundan maqomni olmasligini aytgan.
"Barselona"ning hozirgi sardorlari - Serxio Buskets, Jerard Pike, Serxi Roberto va Xordi Alba.
Yaqinda Kataloniya klubi Usmon bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi. Frantsiyalik futbolchining klub bilan yangi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar