
Debyut yaqin. O‘runov Ufaga yo‘l oldi
Rossiya premer-ligasining uchinchi turida “Spartak” safar uchrashuvida “Ufa” bilan kuch sinashadi. Ko‘pchilik muxlisu mutaxassislarni moskvaliklarning ikki yangi futbolchisi – Oston O‘runov va Aleksandr Kokorin qachon debyut qilishi qiziqtirmoqda.
Bunga javoban, “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov har ikki futbolchining jismoniy holatida ijobiy o‘zgarishlar borligini ta’kidlab, “Ufa”ga qarshi uchrashuvda debyut bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
Oston O‘runovning o‘zi ham rossiyalik jurnalistlarga “Xudo xohlasa, keyingi o‘yinga tayyor bo‘laman”, - degan.
“Spartak” safar uchrashuviga Oston O‘runov va Aleksandr Kokorinni ham olib ketishga qaror qilgan.
19 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadigan “Ufa” - “Spartak” uchrashuvida yangi futbolchilarning debyut qilish ehtimoli yuqori.
Fikrlar