De Rossi okean ortida to‘p suradi

  • 18 iyul, 2019, 23:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi sobiq yarim himoyachisi Daniele De Rossi faoliyatini Argentinada davom ettiradi. Italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha 35 yoshli italiyalik futbolchi "Boka Xuniors" bilan shartnoma imzolaydi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra De Rossi argentinaliklar bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnomani imzolash uchun Buenos-Ayresga uchib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, De Rossi ayni damda erkin agent hisoblangani bois "Boka Xuniors" safiga tekinga borib qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, De Rossi asli “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U rimliklar sharafini 2002 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!