
De Bryuyne faoliyatidagi ilk pokeridan so‘ng nimalar dedi?
"Manchester Siti" futbolchisi Kevin De Bryuyne "Vulverxempton"ga qarshi bahsda 4 ta gol urib, faoliyatidagi ilk pokerini nishonladi. Ushbu ajoyib natijadan so‘ng belgiyalik yarim himoyachi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Manchester Siti" uchun ham, men uchun ham bu bahs ajoyib o‘tdi. O‘ylashimcha, bu fantastik kecha bo‘ldi. Jamoaning natijasidan mamnunman.
Men vaziyatni yaxshiroq ko‘rishga harakat qilaman. Agar sheriklarim g‘alaba uchun kurashayotgan bo‘lsa, ularning gol urishi uchun hamma narsa qilishga tayyorman.
Jamoadoshlarim bilan munosabatimiz juda zo‘r. Shuning uchun menga ular bilan birga o‘ynash zavq bag‘ishlaydi", - dedi "Siti" etakchisi.
Fikrlar