Davron Fayziev: "Qaynadi bugun shu qozon"

  • 6 fevral, 2022, 22:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 23-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda kataloniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev mazkur o‘yindan so‘ng o‘z telegram sahifasida post qoldirdi. 

"Kamp Nou"ni qozonga o‘xshatishadi. Qaynadi bugun shu qozon. Ana shunday atmosfera anchadan beri bo‘lmagandi. Simeone uchun eng omadsiz stadionligicha qolmoqda. Xavining bo‘lajak sxemalari sal ko‘rinayotgandek. Juda "tiki-taka" ham emas. Gibrid.

Traore pazldek joyiga tushdi-qo‘ydi. Alves va Oblak o‘yinni qizitib berishdi. "Atletiko"ni esa tanimadim. 3 ochkoning egasi ma’lum, yutuq esa o‘yinni ko‘rgan muxlislarniki bo‘ldi", - deya yozib qoldirdi Fayziev. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!