
David Benavides hamda Aleksandr Gvozdik jangi to‘liq davom etdi
AQShning Las-Vegas shahri MJM Grand Garden arenasida professional boks oqshomi davom etmoqda. Ushbu boks kechasida yarim og‘ir vazn (79,378 kg) toifasida ukrainalik Aleksandr Gvozdik hamda AQSh vakili Devid Benavides WBC interim kamari uchun jang olib borishdi.
Ushbu qarama-qarshilik to‘liq 12 raund davom etdi. Raundlar mobaynida ustunlikni o‘z qo‘liga olgan Benavides 116-112, 117-111, 119-109 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu tariqa Benavides faoliyatidagi 29-g‘alabasiga erishgan holda mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirdi. Gvozdik esa 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bunga qadar u 21 ta jang o‘tkazib, faqatgina Artur Beterbievga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar