Danso London klubiga ko‘chib o‘tmoqda

  • 2 fevral, 03:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lans" himoyachisi Kevin Danso so‘nggi kunlarda ko‘plab klublar bilan muzokaralar olib bordi. "Yuventus", "Renn", undan keyin "Vulverxempton" futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakat qildi. Yakunda esa "Tottenxem" uni ilib ketmoqda. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, Dansoning transferi borasida klublar kelishuvga erishdi. Londonliklarga ushbu xarid 25 million evroga tushadi. Avstriyalik himoyachi bilan esa 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanadi. 

"Tottenxem" shu tariqa, himoyadagi muammolarini hal qilyapti. Jamoaning asosiy mudofaa vakillari Kristian Romero, Radu Dragushin jarohat olishgan. Endilikda Kevin Van de Ven bilan tandemda harakat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!