Daniele De Rossi: "Argentina futbolni deb aqldan ozgan birinchi raqamli mamlakat"

  • 30 iyul, 2019, 19:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubining sobiq sardori Daniele De Rossi Argentinalik muxlislar futbolga qattiq kasal bo‘lishgani va ular bu borada Rimdagi muxlislardan ko‘ra kuchliroqligini aytib o‘tdi.

Tecno

"Men 36 yil bitta shaxarda yashadim. Shuning uchun, oilam bilan bu erga kelishdan cho‘chidim. Lekin bu muhimligiga ishonchim bor edi. Bu qadam tashlash, katta yoshli inson uchun katta qo‘rquv bo‘ldi. Men bu erda ko‘rib turganlarim, qarorim to‘g‘ri bo‘lganligini isbotlamoqda. Shu sabab, menga ortiq xech narsa kerak emas. Men bu erga futbol o‘ynash uchun keldim. 20 yil davomida aqlbovar qilmas muxlislar orasida, 24 soat futbol deb yashaydigan futbol kasallari orasida yashadim. Rimdagiga nisbatan, xotirjamroq joyga yoki futbol deb aqldan ozgan insonlar orasiga borish variantlari bor edi. Men ikkinchi variantni tanladim va ishondim. Bunday atmosferadan oilam ham zavq oladi. Argentina dunyoda futbolni deb aqldan ozgan birinchi raqamli mamlakat," - dedi De Rossi.

Eslatib o‘tamiz, De Rossi yaqindagina Argentinaning "Boka Xuniors" klubi bilan shartnoma tuzgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!